
Foto: Getty Images
G7 guruhi yetakchilari virtual uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Tolibon” harakatiga murojaat bilan chiqdi. Bayonot Buyuk Britaniya hukumati tomonidan e’lon qilindi.
Bayonotda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Britaniya, Kanada va YEI rahbarlari Afg‘oniston xalqini va afg‘on qochqinlarini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi hamda Afg‘onistonning hamkorlarini mintaqaviy barqarorlikka qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Bundan tashqari, G7 “Tolibon” terrorizmga qarshi kurash, inson huquqlari, xususan, ayollar va ozchilikni tashkil etadiganlar huquqlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul ekanligini bildirgan.
“Bo‘lajak hukumatning qonuniyligi uning zimmasidagi xalqaro majburiyatlar va Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdagi yondashuviga bog‘liq bo‘ladi”, – deyiladi G7 bayonotida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar