
Foto: «AP Photo / Rahmat Gul»
Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi qarshilik kuchlari to‘qnashuvlar chog‘ida «Tolibon» harakatining yuzlab jangchilarini yo‘q qilganini e’lon qilishdi. Bu haqda «RIA Novosti» milliy qarshilik fronti bayonotiga tayanib xabar bergan.
Muxolifat vakillarining aytishicha, ular kecha Panjsher vodiysidagi hududlarni egallab olishga uringan 350 tolibon jangchisini o‘ldirgan. Isyonchilar ularning qurollarini ham qo‘lga kiritishgan.
Avvalroq Afg‘oniston qarshilik kuchlari «Al-Qoida» terrorchilari Panjsher uchun jangda Tolibon safiga qo‘shilganini aytgan edi.
Bundan oldin, isyonchilar yetakchi Ahmad Ma’sud bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugagach, Tolibon Panjsher viloyatida qarshilik kuchlariga qarshi hujum uyushtirishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. Tez orada jangchilar viloyatning asosiy yo‘liga yetib kelganliklarini e’lon qilishdi va 11 ta nazorat-o‘tkazish punktini egallab olishganini ma’lum qilishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar