«Xitoy bizning butun dunyo bozoriga chiqadigan darvozamizdir» — «Tolibon» vakili

«Xitoy bizning butun dunyo bozoriga chiqadigan darvozamizdir» — «Tolibon» vakili
Foto: AP
«Tolibon» Xitoyni o‘zining asosiy hamkori sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda toliblar vakili Zabihulla Mujohid Repubblica gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

«Xitoy bizning asosiy hamkorimiz hisoblanadi, u biz uchun fundamental va o‘ziga xos imkoniyat taqdim etadi, chunki investitsiya kiritish va mamlakatimizni tiklashga tayyor», — dedi u.

Mujohid Xitoy ilgari surayotgan «qadimiy Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklaydigan» «Bir kamarbir yo‘l» tashabbusiga e’tibor qaratdi.

«Bundan tashqari, bizda xitoyliklar yordamida qayta tiklanadigan va modernizatsiya qilinadigan boy mis konlari bor. Xitoy bizning butun dunyo bozoriga chiqadigan darvozamizdir», — dedi toliblar vakili.

18 avgust kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan Xitoy «Tolibon» hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar