
Foto: AFP
Britaniya Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlarga qochqinlar uchun boshpanalar va sanitar-texnik inshootlar barpo etish uchun 30 mln funt sterlinglik (41,5 mln dollar) yordam paketi taqdim qiladi. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 10 mln funt sterling (14 mln dollar) gumanitar tashkilotlarga, jumladan BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasiga ajratiladi. Qolgan 20 mln funt sterling (28 mln dollar) o‘n minglab afg‘on qochqinlarini qabul qilayotgan davlatlarga beriladi. Gap O‘zbekiston, Pokiston, Tojikiston, Eron va Turkmaniston haqida bormoqda.
“Afg‘onistondan qochayotganlarga yordam berishimiz va bu inqirozning mintaqaviy barqarorlikka putur yetkazishiga yo‘l qo‘ymasligimiz juda muhimdir. Shu sababli ushbu yordam juda muhim. U o‘z ortidan barcha narsasini tashlab kelgan afg‘onlarni hayotiy muhim vositalar bilan ta’minlashga va ularga boshpana hamda asosiy sanitariya inshootlari taqdim qilishga yordam beradi”, deb aytgan Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.
BritaniyaAfg‘onistonQochqinlar YordamiBoshpana Barpo EtishGumanitar TashkilotlarMintaqaviy Barqarorlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar