AQSH va O‘zbekiston afg‘on uchuvchilari borasida kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra Afg‘oniston Harbiy havo kuchlari uchuvchilari oilalari bilan birgalikda Amerika harbiy bazasiga ko‘chiriladi. Bu xabarni “The Wall Street Journal” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, gap “Tolibon”* harakati hukumat tepasiga kelgandan keyin o‘z yaqinlari bilan harbiy samolyot va vertolyotlarda O‘zbekistonga qochgan uchuvchilar haqida bormoqda. Toliblar ularni qaytarishga urinishgandi, deb yozadi RIA Novosti.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 585 nafar afg‘on uchuvchilari, ekipaj a’zolari va ularning yaqinlari AQSHning Dohadagi harbiy bazasiga uchib ketadi. Biroq keyin ularning Qatardan AQSHga va yoki boshqa joyga ketishi noma’lum.
Gazetaning yozishicha, O‘zbekistonda avvalroq Afg‘onistondan kelgan 46 ta samolyot va vertolyot bo‘lib turibdi. “Tolibon”* ularni qaytarishni so‘ramoqda. Toliblar vakili Suhayl Shohin avvalroq uchuvchilarning mamlakatga qaytishlari lozimligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning ularga muhtojligi bor.
Eslatib o‘tamiz, bundan ilgari hududiga bir guruh afg‘on uchuvchilari qochgan O‘zbekiston hukumati AQSHdan ularni “Tolibon”* harakati bilan “keskin munosabatlardan qochish” maqsadida tezroq boshqa uchinchi mamlakatga ko‘chirishni so‘rayotgani ma’lum bo‘lgandi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi