Foto: Butfirstchillout
Yaponiyaning Daiwa Motor Transportation taksi operatori 30 avgustdan 4 sentabrga qadar Tokiodan SleepingTaxi nomli noodatiy reklama kampaniyasini o‘tkazib, uning doirasida barcha xohlovchilarga maxsus jihozlangan avtomobilda bir necha soat uxlab olishni tavsiya qildi. Mazkur xizmat bepul bo‘lganligi sabab ko‘plab mahalliy aholi undan foydalanishga qaror qilgan, deb xabar beradi Motor.
SleepingTaxi aksiyasida gibrid dvigatel o‘rnatilgan besh eshikli Toyota JPN Taxi seriyali xetchbeki ishtirok etgan. Shuningdek, avtomobillarni elektr uzatmali suriladigan orqa eshigi va orqa yo‘lovchilar uchun kengaytirilgan makoni orqali osongina tanib olish mumkin.
Foto: Butfirstchillout
Ataylab reklama kampaniyasi uchun mashinalarda dam olishga ideal sharoit yaratilgan. U yerda yumshoq yostiq, bir martalik ko‘z niqoblari, shuningdek, tinchlantiruvchi ichimliklar va smartfonlar uchun quvvatlantirgichlar qo‘yilgan ko‘chma stol mavjud. Mutaxassislar yon oynalarga yashil yaproqlar tasvirini tushirgan. Bundan tashqari, old o‘rindiqning bosh qo‘ygichiga o‘rnatilgan ekran tinchlantiruvchi musiqa va videoroliklarni namoyish etib turgan.
Foto: Butfirstchillout
Foto: Butfirstchillout
Aksiyada aniq qancha inson ishtirok etgani noma’lum. «Relaks-taksi»da mizg‘ib olish bepul bo‘lgani inobatga olinadigan bo‘lsa, reklama kampaniyasi, shubhasiz, mashhurlikka erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?