07:00 / 24.09.2021
2 329

BMT Xavfsizlik Kengashi «Tolibon» bo‘yicha pozitsiyasini belgilab oldi

BMT Xavfsizlik Kengashi «Tolibon» bo‘yicha pozitsiyasini belgilab oldi
BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi Afg‘onistonda hokimiyatning «Tolibon» tomonidan egallanishi bo‘yicha umumiy pozitsiyasini belgilab oldi.

Xalqaro tashkilot rahbari Antoniu Guterrishning aytishicha, AQSH, Britaniya, Fransiya, Rossiya va Xitoy “Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik bo‘lishini, u yerda gumanitar yordamlar muammosiz va tahqirlashlarsiz tarqatilishini istaydi”. Bundan tashqari, mazkur davlatlarning maqsadi “Afg‘onistonda xotin-qizlar huquqlarining ta’minlanishi va Afg‘onistonning terrorchilikning tayanchiga aylanmasligi” ekanligi qayd etildi. BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari toliblardan “aholining barcha qatlamlari vakillaridan iborat hukumat tuzishni” istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni BMT Bosh Assambleyasi doirasida AQSH, Britaniya, Fransiya, Rossiya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishning tashabbuskori Britaniya bo‘ldi.

Aytish kerakki, avgust oyida Xitoy va Rossiya Afg‘onistonda hokimiyatning toliblar tomonidan egallanishini qoralovchi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Xavfsizlik Kengashi «Tolibon» bo‘yicha pozitsiyasini belgilab oldi