21:26 / 28.09.2021
3 111

Fermerlar dunyodagi eng katta qovoqni yetishtirishdi

Fermerlar dunyodagi eng katta qovoqni yetishtirishdi
Foto: «Rg.ru»
Italiyalik fermerlar Toskandagi qovoq festivalida og‘irligi 1226 kilogramm keladigan dunyodagi eng yirik sabzavotni taqdim etishdi. Bu haqda Lo Zuccone madaniy birlashmasi tadbir tashkilotchisi Facebookda xabar berdi.

Rekordchi qovoq uch kun davom etgan Big Pumpkin Festival bayramiga olib kelingan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ulkan sabzavot avtoyuklagich yordamida tarozi platformasiga yuklanayotgani aks etgan. Festival ishtirokchilari qovoq bilan birga suratga tushish baxtiga muyassar bo‘lishdi: «yangi jahon rekordi bizniki» yozuvli fotosuratda atrofini o‘nlab erkaklar o‘rab olgan.

il Messaggero gazetasi yozishicha, bunday hajmdagi qovoqni yetishtirish uchun fermerlar genetik chatishtirishlariga to‘g‘ri kelgan. Endi festival tashkilotchilari va bahaybat qovoqni yetishtirgan fermerlar Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan o‘z rekordlarining tasdiqlanishini kutishmoqda.

Amaldagi jahon rekordi belgiyalik Matias Villeminsga tegishli bo‘lib, u 2016 yilda og‘irligi 1190,5 kilogramm bo‘lgan sabzavotni qayd etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fermerlar dunyodagi eng katta qovoqni yetishtirishdi