Dushanba, 27 sentabr kuni «Pfizer» kompaniyasi vakillari COVID-19ga qarshi hapdorilar (tabletkalar) sinovi boshlanganini ma’lum qilishdi. «Medical Xpress» yangi dori oldingilaridan nimasi bilan farq qilishiga oydinlik kiritdi.
Virusga qarshi hapdorilar g‘oyasi yangilik emas, bir nechta farmatsevtika kompaniyasi ishga kirishib ketgan. Bu dorilar xuddi «Tamiflyu» kabi ta’sir kuchiga ega, ya’ni kasallikning og‘ir shaklga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
«Pfizer» kompaniyasi PF-07321332 sinovlarini boshlamoqda: bu o‘tgan yilning mart oyida yaratishga kirishilgan va aynan koronavirusga qarshi kurashga mo‘ljallangan ilk dori.
Sinovlarda COVID-19ni yuqtirgan 2 660 kishi qatnashadi. Dorining samaradorligi VICHga qarshi yangi dori — ritonavir bilan birgalikda sinab ko‘riladi. Sinovda qatnashayotganlarning ayrimlari 5–10 kun davomida kuniga ikki marta PF-07321332 va ritonavirni, ba’zilari esa platseboni qabul qilishadi.
Tadqiqotdan maqsad — dorining qo‘llanilishi kasallikni davolashning 14-kuniga borganida qanchalik xavfsiz va samarali ekanini aniqlashdir. Agarda ijobiy natijaga erishilsa, yangi doridan kasallikni davolashda foydalansa bo‘ladi: faqat kasallikning dastlabki bosqichlarida tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi