2 360
McDonald’s Fransiyada oddiy ichimlik suvining yarim litrini 2,3 yevrodan sotishni boshladi
Foto: Legion Media
Fransiyada McDonald’s tezkor ovqatlanish restoranlar tarmog‘i idishdagi suvlarni sotishni to‘xtatdi. Kompaniya Evian va Badoit mineral suvlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Danone korxonasi bilan ko‘p yillik bitimini buzib, o‘zining Eau by McDo brendi ostida suv sotishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi Esquire.
Endilikda McDonalds’da suv karton idishlarda sotilmoqda — 250 millilitri 1,7 va 500 millilitri 2,3 yevrodan. «McDonalds’ning Fransiyadagi restoranlari orqali o‘rtacha 750 million shisha suv sotilgan. Qarorimiz 1000 tonnadan ortiq plastikni tejash imkonini beradi», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Biroq France Info’ning aniqlashicha, endilikda restoranlar tarmog‘i orqali mineral suv o‘rniga bir necha bor filtrdan o‘tkazilgan «kran»dan chiquvchi suvlar sotilmoqda. Parij merining suv ta’minotiga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari Dan Ler o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Parijda ichimlik suvining bir litri 7 yevro emas, 0,003 yevro turishini yozib qoldirgan. «Hisob-kitoblar noto‘g‘ri», — deydi Ler.
McDonald’s vakillarining ma’lum qilishicha, mijozlarning 90 foizi sotilayotgan suvlardan norozi emas. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, sotilayotgan suvning tannarxi bozordan topish mumkin bo‘lgan idishdagi suvlarning ayrimlaridan qimmat. Aynan ushbu suvdan restoranlar tarmog‘ining oshpazlari foydalanadi. Shuningdek, McDonald’s mijozlarga 99,99 foizli tozalangan suvlarni taqdim etish uchun investitsiya kerakligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi