22:24 / 01.10.2021
1 885

Amerikalik tadbirkor: Inqiroz — boy bo‘lish uchun ajoyib fursat

Amerikalik tadbirkor: Inqiroz — boy bo‘lish uchun ajoyib fursat
Amerikalik tadbirkor, «Boy ota, kambag‘al ota» bestselleri muallifi Robert Kiyosaki butun bozor, jumladan, bitkoin, oltin va kumush oktabr oyida jiddiy inqirozga uchrashini ma’lum qildi.

Bu haqda u Kitco News nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Kiyosaki ushbu inqirozga olib kelgan iqtisodiy omillarni tushuntirib berdi va bozorning galdagi tanazzuli og‘irligini ta’kidladi.

«Bizning bunchalik katta qarzimiz bo‘lmagan. Qarz — eng katta muammo, uning YAIMga nisbati sinxronlashtirilmagan. Shu bois, qachonki masala oxiriga borib yetsa va hammasi inqirozga uchrasa, aynan o‘shanda oltin, kumush va bitkoinni ko‘proq sotib olmoqchiman», — dedi tadbirkor o‘z intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat oltin, kumush va bitkoin zaxiralarini kamaytirib yuboradi.
«Yaxshi xabar shundaki, inqiroz — boy bo‘lish uchun ajoyib fursat, shu bois bunga umid-ishonch bilan qarayapman», — dedi Kiyosaki.

Kiyosaki AQSH fond bozori qulashi haqidagi ogohlantirishlari bilan birga sarmoyaviy maslahatlarini ham beradi — o‘z pozitsiyangizni oltin, kumush va bitkoinlarda ushlab turing, savdo uchun naqd pul ishlating.

«Naqd pul operatsiyalarini bozor inqirozidan keyin amalga oshirgan ma’qul. Bitkoin, oltin va kumush sotmayman, biroq fond bozori inqirozidan keyin butun umrimga yetadigan juda ko‘p naqd pulim bo‘ladi», — deydi Robert.

U, shuningdek, ko‘chmas mulk bozori qimmatli qog‘ozlar bozori bilan birga inqirozga uchrashini aytdi va bu hodisani «kartadan yasalgan uy»ga qiyosladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik tadbirkor: Inqiroz — boy bo‘lish uchun ajoyib fursat