11:00 / 02.10.2021
1 753

Qirg‘iziston prezidenti o‘z uyini muhtojlarga berib yubordi

Qirg‘iziston prezidenti o‘z uyini muhtojlarga berib yubordi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov shaxsiy uyini mamlakat aholisining ma’lum qismida uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida muhtojlarga topshirdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari shu tariqa boylarni o‘rnak olishga chaqirgan. U ehtiyojmandlarga topshirgan uyda oilasi bilan besh yil yashagan. Mazkur ikki qavatli uy Sadir Japarov tomonidan davlat ipoteka kompaniyasiga berilgan. Shu tariqa uy tez orada kimoshdi savdosiga qo‘yiladi va undan tushgan mablag‘ uy-joyga muhtoj bo‘lgan o‘n oilaga kvartiralar berishga sarflanadi.

«Biz moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolarini uy-joyga muhtoj bo‘lganlarga yordam berishga chaqirmoqchimiz. Hamma biladi: respublikaning ko‘plab aholisi tirikchilik qilish uchun chet elga pul topish uchun ketadi. Kasbidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun uy-joyni arzon qilishimiz kerak», — degan Sadir Japarov.

Shuningdek, u Qirg‘izistonda uy-joy muammosini hal qilish yo‘llaridan biri korrupsiyaga qarshi kurash bo‘lishi mumkinligi aytgan. Ehtiyojmandlarga qonunbuzarlikda aybdor deb topilgan amaldorlardan musodara qilingan ko‘chmas mulk hisobidan yordam ko‘rsatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti o‘z uyini muhtojlarga berib yubordi