08:30 / 03.10.2021
1 807

O‘zbekiston Valentina Chupikka xorijga chiqish pasportini berdi

O‘zbekiston Valentina Chupikka xorijga chiqish pasportini berdi
Valentina Chupik
Moskvadagi Sheremetevo aeroportida qo‘lga olingan huquq himoyachisi Valentina Chupik Yerevanga uchib ketdi. Bu haqda uning yordamchisi Aleksandr Kim ma’lum qildi.

«O‘zbekiston Valentina Chupikka yangi xorijga chiqish pasportini berdi. U bir soat avval Yerevanga uchib ketdi», – dedi Kim.

Huquq himoyachisining kelgusi rejalari aniq emas – uning vakillari Ukraina hukumatidan Chupik va uning 84 yoshli onasi Lyubov Kodensova uchun boshpana so‘rab murojaat qilgan, ammo hozircha javob olishmagan.

Chupik 25 sentabr kuni Sheremetevo aeroportida ushlangandi. U 17 sentabrda Rossiyada qochqin maqomidan mahrum qilingan. Shuningdek, unga 2051 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangan.

30 sentabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiya hukumatiga huquq himoyachisi Valentina Chupikni O‘zbekistonga deportatsiya qilishni taqiqladi.

Valentina Chupik migrantlarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi Tong Jahoni notijorat tashkiloti rahbari hisoblanadi.
U O‘zbekistonni 2006 yilda tark etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston Valentina Chupikka xorijga chiqish pasportini berdi