Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan taklif qilingan mamlakat infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risidagi qonun loyihasining ma’qullanishi AQSHni sotsializm tomonga yo‘naltirishi mumkin. Bu fikr AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning 3 oktabr kuni tarqatgan bayonotida keltirilgan, deb yozadi «TASS».
«Agar demokratlarning rejasi har qanday darajada ma’qullansa, bu mamlakatimizni sotsializmga yetaklaydi», — deyiladi xabarda.
Umumiy hajmi 1 trillion dollardan oshadigan infratuzilma paketi AQSH Senati tomonidan 10 avgustda ma’qullangan. Shundan so‘ng u Vakillar palatasiga kiritildi. Infratuzilmani rivojlantirish rejasi Bayden dasturining asosiy elementlaridan biridir.
Bayden mamlakatni modernizatsiyalash rejasini aprel oyida e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Amerika infratuzilmasini modernizatsiyalash so‘nggi o‘n yilliklardagi eng katta loyiha bo‘ladi.
Baydenning rejasidagi barcha xarajatlar to‘rtta toifaga bo‘linadi — transport infratuzilmasini rivojlantirish, turmush darajasini yaxshilash, biznes samaradorligini oshirish hamda kasallar va qariyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ijtimoiy dastur.
Loyiha uchun ajratiladigan mablag‘larning barchasi kelgusi sakkiz yil ichida — Baydenning birinchi muddati va agar u qayta saylansa ikkinchi muddati (prezident ilgari ikkinchi muddatga nomzodini ko‘rsatishni rejalashtirayotganini tasdiqlagan) davomida sarflanishi taxmin qilinmoqda.
Baydenning ta’kidlashicha, AQSH rejani amalga oshirish uchun katta miqdorda tashqi qarz olib, davlat qarzlarini ko‘paytirish usulini qo‘llamaydi.
Soliqlarni, birinchi navbatda, korporativ daromad solig‘ini oshirish orqali zarur mablag‘ni yig‘ish rejalashtirilmoqda. Soliqning mazkur turi 2017 yilda Donald Tramp ma’muriyati davrida 35 foizdan 21 foizgacha kamaytirilgan edi. Bayden uni yana 28 foizga ko‘tarishni rejalashtirmoqda. AQSH prezidenti korporatsiyalarni «bundan shikoyat qilmaslikka» chaqirdi, chunki soliq hajmi baribir avvalgi o‘n yilliklardagiga qiyoslaganda pastroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, prezident ma’muriyati xorijiy korporativ daromad solig‘ini oshirishni taklif qilgan. Rejani e’lon qilishda Bayden soliqlarni ko‘paytirish bilan bir qatorda, qonunchilikda yirik korporatsiyalarning chiqib ketishi bilan yuzaga keladigan bo‘shliqlar bo‘lmasligini ta’minlashini aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi