Foto: «Izvestiya»
Rossiyalik allergolog-immunolog Vladimir Bolibokning ta’kidlashicha, koronavirusning eng xavfli alomati bu — odamning bo‘g‘ila boshlashidir.
Uning aytishicha hid bilishning yo‘qolishi COVID-19ning xos simptomi maqomini allaqachon yo‘qotib ulgurgan. Yangi shtammlar paydo bo‘lgani sayin bu alomat tobora kam uchrayapti, dedi u.
Tana haroratining yuqorilashi va yo‘tal ham faqat koronavirusga xos xususiyat emas. Umuman olganda, kasallikning kechishi o‘zgarayotgani bois alomatlariga qarab uni aniqlash qiyin bo‘lib bormoqda.
Kovidga chalinganlikni aniqlashning eng oson yo‘li — bemorning nafas olishini eshitib ko‘rish, bu usul samaradorligini Bolibok ishonch bilan ta’kidlamoqda. Agarda nafas olish tinch holatda daqiqasiga 20 tadan oshsa darhol shifokorlarga murojaat qilish uchun sabablar yetarli.
«E’tibor berish kerak bo‘lgan eng muhim jihat — odamning bo‘g‘ila boshlashidir. Agar kishi og‘ir narsa ko‘tarmayotgan yoki asabiylashmayotgan bo‘lsa, tinch holatda uning nafas olish chastotasi daqiqasiga 20 tadan oshmasligi shart. Aks holat uning o‘pkalarida muammo borligidan dalolat beradi», — dedi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi