Foto: Twitter
Britaniya diplomatlari Kobulda «Tolibon» hukumati rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchi Saymon Gass va Buyuk Britaniya elchixonasi vakili Martin Longden «Tolibon» rahbarlari bilan uchrashib, Afg‘oniston gumanitar inqirozga qarshi kurashayotgan bir paytda, mamlakatga qanday yordam kerakligini muhokama qilgan.
Reuters xabariga ko‘ra, muzokaralar kuchayib borayotgan gumanitar inqiroz, xavfsizlik va terrorizm masalalari bo‘yicha olib borilgan. Shuningdek, Buyuk Britaniya va Afg‘oniston fuqarolari uchun xavfsiz harakatlanish va ayollar huquqlari masalalari ham muhokama qilingan.
«Tolibon» Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abduqahar Balxiyning ma’lum qilishicha, toliblar «konstruktiv munosabatlar» tarafdori, uning qo‘shimcha qilishicha, «uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni tiklashning batafsil muhokamasiga bag‘ishlanganini».
«Bu muzokaralarning birinchi kunlari va oramizda kelishmovchiliklar bo‘lishi tabiiy hol. Biroq oldinda Afg‘onistonni hech qanday murakkab vazifalar kutmayapti», — deydi Longden. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi