22:33 / 08.10.2021
2 026

Gruziyaning Batumi shahrida 5 qavatli uy qulab tushdi (foto)

Gruziyaning Batumi shahrida 5 qavatli uy qulab tushdi (foto)
Gruziyaning Batumi shahri markazida besh qavatli turar joy binosining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda mahalliy Batumelebi agentligi xabar berdi.


Xabarga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida (Toshkent vaqti bilan 13:00) shahar markazidagi 26 may ko‘chasida sodir bo‘lgan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bino qulashidan oldin gaz o‘chib qolgan. Hozir voqea joyida tez yordam, politsiya va maxsus texnika ish olib bormoqda. Qutqaruvchilar turar joyda yashovchi odamlarni evakuatsiya qilmoqda.

Shuningdek, qulash natijasida vayronalar ostida 12 taga yaqin mashina qolib ketgan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, olti-yetti yoshlardagi bola vayronalar orasidan qutqarib olingan, keyinchalik u kasalxonaga yotqizilgan. OAV xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar yana bir kishini chiqarib olgan va kasalxonaga jo‘natgan, uchinchi bo‘lib esa hodisada omon qolgan yangi tug‘ilgan chaqaloq olib chiqilgan.

Gruziya Birinchi kanaliga ko‘ra, mamlakat Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborgan. Vazirlik mahalliy aholi va OAV vakillarini politsiya ko‘rsatmalariga va xavfsizlik standartlariga rioya qilishga chaqirdi. Huquq-tartibot xodimlari xavfsizlik chorasi sifatida voqea joyiga yaqin hududni o‘rab qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziyaning Batumi shahrida 5 qavatli uy qulab tushdi (foto)