23:58 / 08.10.2021
2 123

Rossiyadan 5 millionga yaqin fuqarolar ko‘chib ketgan

Rossiyadan 5 millionga yaqin fuqarolar ko‘chib ketgan
2000 yildan beri Rossiyadan 5 milliongacha fuqaro ko‘chib ketgan. “Takiye Dela” portali mustaqil mutaxassislar guruhi bilan birgalikda o‘tkazgan tadqiqot natijalari ana shuni ko‘rsatdi.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, Rossiyadan emigratsiya sur’ati 2011 yildan keyin tezlashdi. 2000-yillarning boshlarida rossiyaliklar asosan G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga ketgan edi, 2014 yildan keyin esa yaqin xorij davlatlariga yo‘l oladigan bo‘ldi.

Tadqiqotda aytilishicha, so‘nggi yillarda mamlakat har yili 300 ming fuqarosidan ayrilmoqda, haqiqiy ko‘rsatkichlar bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin: tadqiqot Rosstat ma’lumotlariga asoslangan, Rosstat esa faqat Rossiyada ro‘yxatdan chiqqanlarni hisobga oladi, lekin hamma ham bunday qilavermaydi.

Tadqiqot mualliflari 2000 yildan 2021 yilgacha Rossiyani tark etgan 900 kishi bilan suhbatlashdi. Ular ketishning asosisy sabablari sifatida xavfsizlikka intilish, yangi tajriba orttirish, barqarorlik va Rossiyadagi siyosiy vaziyatdan norozilikni ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadan 5 millionga yaqin fuqarolar ko‘chib ketgan