09:57 / 11.10.2021
1 697

Hindiston ichki ishlar vazirining o‘g‘li qotillikda ayblanmoqda

Hindiston ichki ishlar vazirining o‘g‘li qotillikda ayblanmoqda
Hindiston politsiyasi Hindiston ichki ishlar vaziri Ashish Mishraning o‘g‘lini Hindiston shimolida bir necha dehqon o‘ldirilganidan bir necha kun o‘tib gumonlanuvchi sifatida hibsga olganini aytdi, deya xabar beradi ABC News politsiyaga tayanib.

Mishraning mashinasi Uttar-Pradesh shtatining Laximpur-Xerida norozilik bildirayotgan fermerlar guruhini bosib ketishi natijasida to‘rt fermer halok bo‘lgan.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari vazirning o‘g‘li namoyishchilarni urganida mashinada bo‘lganini da’vo qilishdi, lekin u buni rad etmoqda. Uning haydovchisi va mashinada bo‘lgan hukmron partiyaning uch a’zosi voqeadan so‘ng namoyishchilar tomonidan o‘ldirilgan.

Politsiya ofitseri Upendra Agarval 9 oktabr kuni Ashish Mishra tushdan keyin so‘roq qilinganidan keyin hibsga olinganini aytgan, chunki «u fermerlarni bosib, ularning to‘rttasini o‘ldirgan uchta mashinaning hech birida bo‘lmaganligini tasdiqlovchi dalil keltira olmagan».

Otasi Ajay Mishra, o‘g‘li voqea joyida bo‘lmaganligini iddao qilmoqda.

Namoyishlarning kuchayishi o‘tgan yilning sentabr oyida hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar natijasida yuz bergan.

O‘tgan hafta minglab dehqonlar poytaxt Nyu-Dehli chekkasida namoyish uchun yig‘ilishgan. Hukumat qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishlar qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va xususiy investitsiyalar hisobiga ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun zarur bo‘lganini aytadi. Ammo fermerlarning ta’kidlashicha, qonunlar ularning daromadlarini yo‘q qilib, o‘z mahsulotlarini korporatsiyalarga arzonroq narxlarda sotishga majbur qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston ichki ishlar vazirining o‘g‘li qotillikda ayblanmoqda