09:00 / 14.10.2021
1 611

Rossiyalik milliarder AQSHga yarim milliard dollar jarima to‘ladi

Rossiyalik milliarder AQSHga yarim milliard dollar jarima to‘ladi
Foto: RIA Novosti
Rossiyalik tadbirkor Oleg Tinkov AQSH tomondan o‘ziga bildirilgan e’tirozlarni hal qilish doirasida AQSHga 448,9 mln dollar to‘lab berdi. Biroq bu milliarderning Vashingtonga to‘lashi kerak bo‘lgan summaning hammasi emas.

Tinkov AQSHda soliq jinoyatlarini sodir etishda ayblangan. U 2013 yilda AQSH fuqaroligidan voz kechganda to‘lashi kerak bo‘lgan soliqni to‘liq hajmda to‘lamagan.

Milliarder AQSH sudi bilan kelishuvga erishib, uning doirasida AQSHga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida 506 mln dollar to‘lashga rozi bo‘lgan. Bu esa u AQSHga to‘lamagan soliq miqdoridan 2 marta ko‘proqni tashkil qiladi.

Ayni vaqtda tadbirkor Londonda qolmoqda. Tinkov AQSH sudi bergan order bo‘yicha 2020 yil fevralda Britaniyada hibsga olingan, biroq keyinroq garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan. AQSH ilgari surgan ayblovlar bo‘yicha tadbirkorga 6 yillik qamoq jazosi xavf solgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik milliarder AQSHga yarim milliard dollar jarima to‘ladi