Foto: «Sportmob»
Yaqinda Lyuka Ernandes Millatlar ligasini yutgandi — finalda Fransiya Ispaniya ustidan g‘alaba qozondi. Ammo Madrid jinoiy ishlar sudidan chaqiruv olgach, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi: 19 oktabr soat 11:00 da darhol yetib borishi va 6 oylik qamoqni o‘tash uchun qamoqxonalardan birini tanlashi yozilgandi unda. Aks holda «Bavariya» himoyachisining tintuv qilinishi va hibsga olinishiga order beriladi.
Gap ispancha familiyali futbolchining «qizil furiya»ni yer tishlatishga qo‘shgan hissasida emas. Aslo. Shunchaki u o‘z xotini bilan asal oyini birga o‘tkazgan...
Qiziq voqea.
«Sports.ru» yozishicha, hammasi 2017 yilning fevralida boshlangan. O‘shanda Lyuka Ernandes Madridning «Atletiko»si sharafini himoya qilardi. Uni o‘z tanish qizi Ameliya de la Osa Lorenteni urib tan jarohati yetkazganlikda ayblashadi va sud qaror chiqaradi. Qars ikki qo‘ldan chiqqan, shekilli, har ikkisiga 31 kunlik jamoat ishlarini bajarish yuklatilib, bir-birlariga 500 metrgacha yaqinlashmaslik buyuriladi. Ko‘p o‘tmay Lyuka va Ameliya yarashib ketishdi... Hatto turmush qurib, asal oyini o‘tkazish uchun Las-Vegasga jo‘navorishdi.
2017 yilning iyunida Lyuka va Ameliya Mayamidan Madridga birgalikda uchib kelishganida aeroportning o‘zidayoq Ernandesni ushlashgan, xotini esa sud qaroridan bexabarligini isbotlab qutulib qolgandi.
Ular turli reyslarda uchib kelishganida olam guliston edi. Biroq ularni birgalikda ko‘rishdi va sud qaroriga bo‘ysunmaslikda ayblashdi. Prokuratura Ernandes 500 metrlik taqiqlov borligini bilganini vaj qilib, uni bir yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qildi. «Insofli» Madrid sudi esa olti oy yetarli deb topdi.
Futbolchining advokatlari hukm ijrosini kechiktirishni yoki yana jamoat ishlariga almashtirishni so‘rashmoqda. Biroq sud apellyatsiyani rad etdi, chunki Ernandes avvalgi 31 kunlik jazoni oxirigacha o‘tamagan. Advokatlar sudning navbatdagi hukmiga ham indamay turishgani yo‘q. Katta ehtimol bilan Ernandes bir-ikki kun qamoqda saqlanib qo‘yib yuboriladi yoki butunlay oqlashlari mumkin.
Nima bo‘lganda ham, Lyuka Ernandes seshanba kuni sudga yetib borishi shart. Ko‘ngilli ravishda jazoni o‘tay boshlashi uchun 10 kun muhlat berishdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi