Foto: KCNA
Tokio sudi KXDR rahbari Kim Chen Inga qarshi ish bo‘yicha eshituvlarni boshladi. Besh nafar da’vogar uni «odam o‘g‘irlash»da ayblamoqda, deb xabar berdi NDTV.
Qayd etilishicha, ular koreyslarning baxtli hayoti to‘g‘risidagi targ‘ibotlarga ishonib repatriatsiya dasturi doirasida Yaponiyadan KXDRga ketishgan. Kim Chen In Shimoliy Koreya vakili sifatida sudga chaqirildi, ammo u kutilganidek, sudga kelmadi.
«Biz Pxenyan zararni qoplashiga ishonmaymiz. Ammo Yaponiya hukumati bu ish bo‘yicha Shimoliy Koreya bilan muzokara olib borishiga umid qilamiz», — dedi da’vogarlarning advokati.
Koreyslarni repatriatsiya qilish dasturi 1959-1984 yillarda amal qilgan. Bu vaqt mobaynida 90 mingga yaqin koreyslar Yaponiyani tark etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi