17:15 / 15.10.2021
2 666

Putin «Tolibon»ning Rossiyada tan olinishi haqidagi savolga javob berdi

Putin «Tolibon»ning Rossiyada tan olinishi haqidagi savolga javob berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Tolibon” harakati Rossiyada terrorchi deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi haqidagi savolga javob berdi. Rossiya rahbariga ko‘ra, “Tolibon”ni rasman tan olishga shoshilishning hojati yo‘q. Bu haqda Putin MDH davlatlari rahbarlari kengashida ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS.

"Biz ular bilan muloqot qilishimiz kerakligini tushunamiz, lekin shoshmaslik kerak. Siz bilan birga muhokama qilamiz va maslahatlashamiz”, - degan u sammitda.

Putin oldinroq Rossiya rahbari Amerika qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin Afg‘onistonda vaziyat murakkab bo‘lib turganini, ISHIDning harakatlari bilan yanada og‘irlashganini ta’kidlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin «Tolibon»ning Rossiyada tan olinishi haqidagi savolga javob berdi