2 350
Lavrov aralash nikohdan tug‘ilgan bolalarga avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini berishni taklif qildi
Foto: Getty Images
Aralash nikohdan tug‘ilgan bolalar dunyoga kelgan joyidan qat’i nazar, avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini olishlari kerak, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
«Aralash oila qayerda yashamasin, bola aralash nikohdan qayerda tug‘ilmasin – xoh Rossiya, xoh xorijiy davlat hududida — u konstitutsiyaga muvofiq avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini olishi shart», — dedi u.
Lavrovning ta’kidlashicha, aralash nikohdan tug‘ilgan bolalarga fuqarolik berish «amalga oshirish ko‘zlangan navbatdagi qadam» hisoblanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qonunchilari vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida ushbu tashabbusni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Hozirda mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, aralash nikohdan tug‘ilgan bola Rossiya hududida dunyoga kelsa, avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini oladi. Bola xorijda dunyoga kelgan taqdirda Rossiya fuqaroligi avtomatik ravishda emas, balki ota-onaning tanloviga ko‘ra olinadi. Buning uchun Rossiya fuqarosi bo‘lgan ota yoki onaning arizasi va uning xorijlik turmush o‘rtog‘ining roziligi lozim bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi