Foto: AFP
Xitoy yadro zaryadi tashuvchi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi. Financial Times nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, sinovlar avgust oyida o‘tkazilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa Yer sharini past orbita bo‘ylab aylanib chiqqan, so‘ngra belgilangan nishonga tegish uchun pastlagan.
Biroq manbalarning xabar berishicha, raketa mo‘ljaldan bir necha kilometrga adashib, nishonga tegmagan. Biroq shunga qaramay, sinovlar Xitoyning gipertovushli qurolni ishlab chiqishda hayratlanarli yutuqlarga erishganini namoyish qilgan va AQSH razvedkasini “dog‘da qoldirgan”.
“Biz ular buni qanday amalga oshirganlari haqida umuman tushunchaga ega emasmiz”, deb aytgan nashr suhbatdoshlaridan biri. Manbalarning ta’kidlashicha, nazariy jihatdan raketa Janubiy qutb ustidan uchib o‘ta oladi. Bu esa AQSH havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun muammo bo‘lishi mumkin, chunki ular Shimoliy qutb yo‘nalishida mujassamlashtirilgan.
Pentagon sinovlarga izoh berishdan bosh tortgan, biroq Xitoyning bu yo‘nalishdagi faollashuvidan xavotir bildirgan. Jumladan, AQSH mudofaa vazirligi vakili Jon Kirbi Xitoyning harbiy imkoniyatlari “mintaqada va uning tashqarisida keskinlikning oshishiga turtki bo‘lishini” aytgan.
O‘z navbatida, Xitoyning AQSHdagi elchisi Lyu Pen’yuy Xitoyning harbiy siyosati mudofaa xarakteriga ega ekanini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Pekinda “AQSHdagi kabi global miqyosda harbiy amaliyotlar o‘tkazish rejasi yo‘q”. Xitoy vakilining aytishicha, AQSH o‘zining gipertovushli qurol ishlab chiqishini oqlash maqsadida oxirgi yillarda “Xitoy xavfi” haqidagi uydirmani o‘ylab topgan.
Avvalroq Xitoy qit’alararo ballistik raketalar uchun 100 dan ko‘proq shaxta qurishni boshlagani ma’lum qilingandi. Ta’kidlanishicha, bu yo‘nalishdagi ishlar Gansu provinsiyasidagi cho‘l hududida olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi