12:38 / 18.10.2021
1 690

«Tolibon»ning 60 dan ziyod askari halok bo‘lgani aytimoqda

«Tolibon»ning 60 dan ziyod askari halok bo‘lgani aytimoqda
«Tolibon» harakatining ko‘p sonli askarlari Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatida kechgan shiddatli janglarda qurbon bo‘lgan. Bu haqda «Milliy qarshilik fronti» (NSF) manbalariga tayanib, «Kommersant» ma’lum qildi.

Janglar Puli-Hisor va Dix-Sala tumanlarida bo‘lib o‘tgan, toliblar 60 dan ortiq odamini yo‘qotib, chekinishga majbur bo‘lgan. To‘qnashuvlar birinchi marta rasmiy ravishda «Tolibon» rasmiylari tomonidan tasdiqlangan va ular uchta asosiy harbiy qo‘mondon yo‘q qilingani haqida ma’lumot taqdim etgan.

Qayd etilishicha, Bag‘lon viloyati Afg‘onistonda toliblar hokimiyatga kelganidan keyin qarshilik markaziga aylangan.

Avvalroq Bag‘lon viloyatining Andarab viloyatida «Tolibon» jangarilari bilan to‘qnashuvda Afg‘oniston qarshilik frontining ikki qo‘mondoni halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar natijasida yetti nafar «Tolibon» a’zosi yo‘q qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon»ning 60 dan ziyod askari halok bo‘lgani aytimoqda