Foto: «Zen.yandex.ru»
Yomg‘ir suvi – bu shaxsiy hovli, bog‘ va sabzavot, o‘simliklarni sug‘orish uchun foydalansa bo‘ladigan tabiiy suv zahirasi. Ba’zilar yomg‘ir suvidan boshqa maqsadlarda ham foydalanadilar. Aytgancha, bu suvning ta’mi biz odatda ichadigan suvdan farq qiladi. Mamlakatimizning daryolardan uzoq, tepaliklarda istiqomat qiluvchi aholi bu kabi holatlardan anchayin unumli foydalanadilar.
Ammo hamma joyda bunday suvni yig‘ish mumkin emas, masalan, Amerika va Kanadada siz uni yig‘ishni boshlashdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishingiz kerak bo‘ladi. Buni amalga oshirish mumkin bo‘lsa-da, faqat o‘lchov aniq farq qilishi kerak. Quyida sizga ushbu davlatlarda yomg‘ir suvi bilan bog‘liq taqiqlar haqida aytib o‘tamiz.
AQSH va Kanada suv siyosati
Bu mamlakatlarda aholining suv iste’moli jiddiy tartibga solingan. Agar yomg‘ir natijasida hosil bo‘lgan irmoqlar kimningdir shaxsiy hududidan o‘tib ketsa, uni to‘sishga haqli emas. Aks holda, boshqa fuqarolarning huquqlari buzilgan deb hisoblanadi. Xuddi shu sababga ko‘ra, hech bir kishi hovlisidan quduq qazishga haqli emas. Agar hududda quduq kerak bo‘lsa, uning egasi avval mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qiladi, ular oxir-oqibat tegishli ruxsatni beradi (yoki bermaydi). Birinchidan, mutaxassislar o‘lchovlar o‘tkazadilar, tadqiqot o‘tkazadilar. Gap shundaki, quduqlarning mavjudligi umuman ekotizimga katta zarar yetkazishi mumkin.
Yomg‘ir suvining oqishiga kelsak, ular turli suv havzalariga oqib tushadigan yer usti oqimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Huquqiy nuqtai nazardan, bu suvni yig‘ish uchun fuqaro ruxsatnoma olishi kerak bo‘ladi. Tabiiyki, agar bu yomg‘irdan hosil bo‘lgan suv kichikroq idishda yig‘ilsa, unchalik ahamiyatli emas, unga hech kim e’tibor bermaydi. Ammo agar suv katta hovuzda yoki manzarali hovuz uchun tayyorlangan chuqurda yig‘ilsa, 90 foiz hollarda muammolardan qochib bo‘lmaydi.
Yomg‘ir suvini qayerlarda ishlatish mumkin?
Shimoliy Amerika qit’asining g‘arbida iqlim qurg‘oq bo‘lib, suvdan foydalanish huquqlari juda muammoli masala. Amerikaning g‘arbiy qismida, Oregon shtatida, AQSH va Kanada chegarasi yaqinida, bir necha yil oldin (2017) amerikalik bir yarim ming dollar jarimaga tortilgan va o‘ttiz kun qamoq jazosi tayinlangan.
Sababi uning hududida yomg‘ir suvi yig‘ish uchun mo‘ljallangan uchta katta qudug‘i bo‘lgan. U ko‘p ogohlantirishlarga javob bermagan, bu uning shaxsiy mulki va Konstitutsiyadagi huquqi, deb da’vo qilgan.
Nafaqat yomg‘ir suvini yig‘ish, balki uni qo‘llash doirasi ham tartibga solinadi. Kanadaning ba’zi viloyatlarida ham turli qonunlar mavjud. Ba’zilarida bu suv faqat sug‘orish yoki yuvish uchun ishlatilishi mumkin. Saqlash uchun ruxsat berilgan suvning harorati ham tartibga solinadi. Bu iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qachon sovuq bo‘lsa, quvurlar muzlab qolishi mumkin, bu ularning yorilishiga olib keladi.
Yomg‘ir suvini ichish mumkinmi?
Ba’zi amerikaliklar filtrlangan yomg‘ir suvini ichishadi.
Yomg‘ir suvi filtrdan o‘tgandan so‘ng ba’zi odamlar uni ichishadi. Ammo to‘satdan sizning do‘stlaringiz yoki qo‘shnilaringizdan biri qorin og‘rig‘idan shikoyat qilsa, bu ham o‘ta jiddiy muammoga olib kelishi mumkin.
Nuriddin Ziyo To‘raqulov
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin