Foto: «House-tricks.com»
Britaniyaning ko‘rpa-to‘shak ishlab chiqaruvchi «Crafted Bed» kompaniyasi matras tekshiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Nomzodlardan kun bo‘yi to‘shakda yotish va Netflix seriallarini tomosha qilish talab etiladi. Bu haqda Britaniyaning Mirror nashri xabar bermoqda.
Karavotda yotganliklari uchun ularga yiliga 24 ming funt taklif qilishmoqda — bu taxminan yiliga 33 ming dollar, oyiga 2750 dollar degani. Asosiy sharti —sinovdan o‘tkazilayotgan mahsulotlar — kompaniya sotayotgan matraslarga batafsil va tushunarli izohlar yozish qobiliyatiga ega bo‘lish.
Matras har hafta sinovchining uyiga yetkazib beriladi. Bundan chiqdi ofisga borishga ham hojat yo‘q.
«Biz bu vazifalarni taklif etayotganimizdan juda xursandmiz, chunki mijozlar ehtiyojini qondirish biz uchun nihoyatda muhim», — deydi Crafted Beds kompaniyasi marketing menejeri Brayan Dillon.
Matraslarning sifatini baholash uchun uning ustida haftasiga 37 yarim soat vaqtni o‘tkazishga majbur. Xodim testni o‘tkazishga butun e’tiborini jalb qilishi uchun unda yolg‘iz yotishiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»