Nyu-Meksiko shtatidagi suratga olish maydonchasida tasvirchi ayolning halok bo‘lishiga olib kelgan o‘q aktyor Alek Bolduin tomonidan to‘pponchadan uzilgan. Bu haqda Santa-Fe okrugi sherifining bayonotida aytildi.
Rust («Zang») vesternini suratga olish ishlari Nyu-Meksiko shtatida bo‘lib o‘tayotgandi. Alek Bolduin film prodyuseri bo‘lgan hamda unda bosh rolni ijro etayotgandi.
«Sherif idorasi rekvizit uchun mo‘ljallangan quroldan Alek Bolduin o‘q uzganini tasdiqlaydi», deyiladi xabarda. Avvalroq, hodisa o‘qsiz patronlarga ega to‘pponchadan o‘q uzish paytida yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Film rejissyori o‘mrov suyagidan yaralangan va hozirda og‘ir ahvolda. 42 yoshli tasvirchi ayol Alina Xatchins og‘ir jarohat oldi, u tibbiy vertolyotda Albukerkedagi kasalxonaga yetkazildi. Biroq, shifokorlar uning hayotini saqlab qololmadi.
Santa-Fe okrugi sherif idorasi vakili Xuan Riosning aytishicha, Bolduinga nisbatan hali ayblov qo‘yilmagan.
To‘pponchaga qanday sharoitda jangovar patronlar solingani, shuningdek, Bolduinning rejissyor va operatorga o‘q uzishining sabablari oshkor qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?