Foto: AP
AQSH Tayvan Xitoy tomondan hujumga uchrasa, orolni himoyalaydi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden aytib o‘tdi.
CNN telekanali jurnalisti Oq uy rahbaridan “AQSH Tayvanni Xitoy hujumidan himoyalaydimi?” deb so‘ragan.
“Ha, bizda buni qilish majburiyati bor”, deb javob qilgan Bayden.
Keyinroq Oq uy ma’muriyati vakili prezident AQSHning Tayvanga nisbatan siyosatida biror o‘zgarish bo‘lganini ta’kidlab o‘tgan.
O‘z navbatida, Xitoy AQSHni Tayvan mustaqilligi uchun kurashuvchi ayirmachi kuchlarga yolg‘on signallar yubormasligi kerakligidan ogohlantirgan.
“Xitoy AQSHni ikki tomonlama munosabatlarga, Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikka jiddiy ziyon yetkazmaslik uchun Tayvan masalasi bo‘yicha o‘z ishlari va so‘zlarida ehtiyotkor bo‘lishga va Tayvandagi ayirmachi kuchlarga yolg‘on signallar yuborishdan tiyilishga chaqiradi”, deb aytgan Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin.
Ta’kidlanishicha, tayvanliklar Baydenning bayonotidan mamnuniyat bildirishgan va unga tashakkur aytishgan.
“Hukumatimiz Tayvan demokratiyasini, milliy xavfsizlik va odamlar farovonligini himoyalash uchun mudofaa imkoniyatlarini mustahkamlashda davom etadi”, deb aytilgan Tayvan TIV bayonotida.
Avvalroq AQSH Tayvan harbiylarini maxfiy tarzda o‘rgatayotgani ma’lum bo‘lgan. AQSHning maxsus amaliyotlarni amalga oshiruvchi hamda dengiz piyoda askarlari bo‘linmalari kamida bir yildan beri tayvanlik harbiylarga saboq bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?