Foto: REUTERS
Mashhur Gollivud aktyori Alek Bolduin suratga olish maydonchasida operator ayol va rejissyorni otib qo‘ygani, hodisa Nyu-Meksiko shtatining Santa-Fe okrugida «Zanglagan» filmini suratga olish jarayonida sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
«Los Angeles Times» gazetasiga ko‘ra, filmni suratga olish guruhi o‘rtasida Gollivud aktyori Alek Bolduin bilan bog‘liq fojiali voqeadan bir necha kun oldin jiddiy ichki kelishmovchiliklar sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Bolduin tasodifan operator va rejissyorni otib qo‘yishidan bir necha soat oldin ish sharoitidan norozi bo‘lgan holda o‘nga yaqin ishchi guruhni tark etgan. Nashrning yozishicha, operatorlar va ularning yordamchilari ish haqi shartidan ham, majburiy ish vaqtidan ham hafsalasi pir bo‘lgan.
Kuni kecha Bolduin instagramdagi sahifasida hodisani tergov qilishda politsiya bilan to‘liq hamkorlik qilayotganini yozdi. U, shuningdek, marhumning oilasi bilan aloqada ekanini va ularga yordam berishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, aktyor ssenariyga ko‘ra quroldan o‘q uzishi kerak bo‘lgan, rekvizit uchun tayyorlangan qurol esa haqiqiy o‘q-dorilar bilan o‘qlangan bo‘lib chiqqan.
Hodisa natijasida operator ayol Alina Xatchins va rejissyor Joel Sous yaralangan. Ayol havo transporti orqali Albukerke shahri kasalxonasiga yotqizilgan, ammo shifokorlarning urinishlariga qaramay vafot etgan. Ikkinchi o‘q rejissyorning bo‘yin suyagiga tekkan, hozirda u kasalxonada. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi