18:38 / 24.10.2021
1 713

AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi

AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi
Foto: AP
Rossiya aholisi AQSH vizasini olish uchun Polsha poytaxti Varshavadagi elchixonaga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda AQSH davlat departamenti ma’lum qildi.

Davlat departamentida AQSH vizasini olishga da’vogarlik qiluvchi rossiyaliklar Homeless Nationalities, ya’ni “Boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritilgan. Odatda, davlat departamenti bunday toifaga AQSH diplomatik vakolatxonasiga ega bo‘lmagan yoki beqaror siyosiy vaziyatga ega bo‘lgan davlatlar fuqarolarini kiritadi. Bunday holatlarda AQSH ushbu davlatlar fuqarolarini qo‘shni davlatlardagi elchixonalariga biriktirib qo‘yadi.

Hammasi bo‘lib ushbu toifaga 10 ta davlat, jumladan Somali, Venesuela, Suriya va Eron fuqarolari kiritilgan.

Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar 15 aprelda Vashington Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritgandan keyin keskinlashdi. O‘sha kuni Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasining 10 xodimi AQSHdan chiqartirib yuborilishi ma’lum bo‘lgan. 16 aprelda Rossiya bunga qarshi javob choralari ko‘rgan.

30 aprelda AQSHning Rossiyadagi elchixonasi noimmigratsion va nodiplomatik safarlar uchun vizalar berishni to‘xtatishini, 12 maydan esa Moskva elchixonaga xorijliklarni ishga yollashni taqiqlaganidan keyin konsullik xizmatlari sonini qisqartirishini e’lon qilgan.

12 oktabrda AQSH va Rossiya o‘z elchixonalari faoliyatini tiklash bo‘yicha maslahatlashuvlarning yangi raundini o‘tkazishga kelishib olgan. Vashington Moskvadan elchixonalardagi xodimlar sonini tenglashtirishni talab qilmoqda.

Amerikalik senatorlarning ta’kidlashicha, ayni vaqtda Rossiyada 100 ga yaqin amerikalik diplomat ishlaydi, AQSHda esa rossiyalik diplomatlar soni 400 dan ko‘proqni tashkil qiladi. “Diplomatik vakolatxonalarda bunday nomutanosiblikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shu sababli Rossiyada ishlovchi amerikalik diplomatlar va AQSHda ishlovchi rossiyalik diplomatlar sonini tenglashtirish uchun Rossiya yetarlicha viza berishi kerak”, deb aytilgan maktubda.

Rossiya tashqi ishlar vazirligida ta’kidlanishicha, AQSHda senatorlar aytgandagidek ko‘p sonda rossiyalik diplomatlar ishlamaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi