09:53 / 29.10.2021
1 619

Donald Tramp va Ilon Mask yangi tashabbusga qarshi chiqishdi

Donald Tramp va Ilon Mask yangi tashabbusga qarshi chiqishdi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp, SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi, dunyoning eng boy kishisi Ilon Mask mamlakatda «milliarderlarga soliq» joriy etish tashabbusiga qarshi chiqdi.

Bu fikr avvalroq demokrat senator Ron Uayden tomonidan taklif qilingan edi. Uning g‘oyasiga ko‘ra, eng badavlat amerikaliklar nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan, balki aktivlar qiymatining o‘sishidan ham soliq to‘lashlari kerak.

Bunday soliq 23,8 foizni tashkil qilishi va har yili g‘aznaga 160 milliard dollarga yaqin daromad keltirishi mumkin. Tramp va Mask Forbesning eng boy amerikaliklar ro‘yxatida.

«Qaysi davlat milliarder solig‘i yoki boylik solig‘idan asosiy foyda oluvchi bo‘ladi? Boylar va kompaniyalar Qo‘shma Shtatlarni tashlab qayerga ko‘chib o‘tadi? Ko‘pchilik uchun har qanday holatda ham Qo‘shma Shtatlarda bo‘lishning ahamiyati yo‘q» - deya Donald Trampning vakili Liz Xarrington o‘zining Twitter sobiq prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Ilon Mask Twitterda qayd etishicha, soliqning joriy etilishi AQSHning 28,9 trillion dollardan oshgan davlat qarzi muammosini hal qilishga yordam bermaydi. Uning fikricha, «barcha milliarderlarga hatto 100 foizlik soliq solish bu miqdorni qisman qoplaydi».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp va Ilon Mask yangi tashabbusga qarshi chiqishdi