Foto: Twitter / Inamullah Samangani
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon» harakati o‘z delegatsiyalarining yaqinda O‘zbekiston, Rossiya va Qatarga qilgan tashrifi natijalarini ijobiy baholadi. Bu haqda 30 oktabr kuni «Tolibon» vakili Zabihulloh Mujohidga tayanib, «TASS» xabar berdi.
«Biz Afg‘oniston Islom Amirligi delegatsiyalarining Moskva, Qatar va O‘zbekistonga tashrifini juda yaxshi baholaymiz. Bu tashriflar ijobiy natija berdi», — deb ta’kidlagan «Tolibon» vakili Kobulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida va O‘zbekistonda chegara xavfsizligi, tranzit, bojxonada hamkorlik masalalari muhokama qilinganini qayd etib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 oktabr kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdulla Salam Hanafiy boshchiligidagi delegatsiya Termizga tashrif buyurib, O‘zbekiston hukumati vakillari bilan muzokara o‘tkazgan edi.
Muzokaralar chog‘ida turli vazirlik va idoralar vakillari chegara xavfsizligi, investitsiyalar, o‘zaro savdo, energetika, xalqaro yuk tashish hamda tranzit sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish borasida ham fikr almashildi.
Infratuzilmaviy loyihalarini amalga oshirish, xususan, Surxon—Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini o‘tkazish hamda Termiz—Mozori-Sharif — Kobul—Peshavor temir yo‘lini qurishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar munosabatlarning ko‘rib chiqilgan har bir yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik qilish yo‘llarini muhokama qildi hamda ustuvor sohalarda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha birinchi darajali vazifalarni belgilab oldi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Afg‘oniston «bir necha sohalarda ishchi guruhlar tuzdi». Tomonlar 10 kun ichida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tayyorlaydi va uni ikki mamlakat rahbarlariga taqdim etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi