07:22 / 04.11.2021
1 524

AQSHda olimlar turli xildagi koronaviruslarga qarshi tura oladigan antitanani aniqladi

AQSHda olimlar turli xildagi koronaviruslarga qarshi tura oladigan antitanani aniqladi
Foto: Getty Images
AQSHdagi Dyuk universiteti va Shimoliy Karolina universiteti (UNC) olimlari turli xildagi koronaviruslar, shu jumladan, COVID-19 ni keltirib chiqaradigan infeksiyalarning xavfini cheklovchi antitanani aniqladi va sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda UNC saytida xabar berilgan.

«Ushbu antitana hozirgi epidemiyani davolash imkoniyatiga ega, u shuningdek, agar boshqa koronaviruslar o‘zlarining tabiiy yashash joyi bo‘lgan hayvonlar organizmidan odamlarga o‘tgan taqdirda kelajakda yuzaga keladigan epidemiyalar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin», — dedi tadqiqot hammuallifi doktor Barton Xeyns.

Olimlar 2000 yillarning boshlarida noodatiy pnevmoniyani keltirib chiqargan asl SARS-CoV-1 virusi bilan kasallangan bemorning va COVID-19 bilan kasallangan bemorning qonini tahlil qilib, ushbu antitanani ajratib oldi.

Ikki kishidan olingan 1700 ta antitana orasidan tadqiqotchilar SARS-CoV-1 virusi va COVID-19 ni keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 virusi bilan bog‘lanish qobiliyatiga ega 50 ta antitanani topdi.

Keyingi tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bu o‘zaro bog‘langan antitanalardan biri ayniqsa kuchli bo‘lgan — u odamlarga yuqadigan ikki patogenga qo‘shimcha ravishda hayvonlarning boshqa xil koronaviruslari bilan ham bog‘lana oladi.

«Ushbu antitana koronavirus ko‘plab mutatsiyalar va o‘zgarishlar orqali saqlanib qolayotgan joyda virus bilan bog‘lanadi va natijada keng doiradagi koronaviruslarni zararsizlantirishi mumkin», — dedi Xeyns.

Antitanani ajratib olgandan so‘ng, tadqiqotchilar uni sichqonlarda sinab ko‘rdi, bu antitananing yuzaga keladigan infeksiyalarni samarali ravishda to‘sishi yoki minimallashtirishi mumkinligini aniqlash uchun zarur edi.

Natijada u ikkalasini ham uddalagan. Infeksiya yuqtirish oldidan organizmga kiritilganda, antitana sichqonlarni pnevmoniya, COVID-19 va uning variantlaridan, shu jumladan, delta va odamlarda pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab hayvon koronaviruslarining rivojlanishidan himoya qilgan.

Infeksiya yuqtirilgan sichqonlarga yuborilganda, antitana ularda og‘ir o‘pka simptomlarini organizmiga antitana kiritilmagan hayvonlarga nisbatan kamaytirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda olimlar turli xildagi koronaviruslarga qarshi tura oladigan antitanani aniqladi