Foto: edition.cnn.com
Ta’lim haqida gap ketganda, butun dunyo bo‘ylab nafaqat yutuqlar darajasida, balki mamlakatning ushbu sohaga sarmoya kiritish uchun sarflanayotgan resurslari miqdorida ham katta tafovut mavjud. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining so‘nggi (2018 yilgi) hisobotiga ko‘ra, Norvegiya o‘z yalpi ichki mahsulotining eng katta ulushini ta’limga (oliy ta’limni qo‘shib hisoblaganda) — 6,7 foizni sarflaydi. Tahlil qilinayotgan mamlakatlar miqyosining boshqa tomonida esa Rossiya atigi 3,4 foiz sarflaydi.
Qaysi davlatlar qancha miqdorda?
Norvegiya — (YAIMning) 6,7 foizi;
Yangi Zelandiya — 6,2 foiz;
Buyuk Britaniya — 6,1 foiz;
AQSH —6,0 foiz;
Kanada — 5,8 foiz;
Fransiya — 5,2 foiz;
OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) — 4,8 foiz;
Ispaniya — 4,3 foiz;
Germaniya — 4,3 foiz;
Italiya — 4,1 foiz;
Yaponiya — 4,0 foiz;
Rossiya — 3,4 foiz.
Ko‘rib turganingizdek, bu davlatlar orasida ancha boy va rivojlangan mamlakatlarni ko‘rasiz. Shuningdek, bir narsani inobatga olish kerak-ki, O‘zbekiston kabi davlatlar YAIMining 6,7 foizi Norvegiya kabi rivojlangan davlatlar YAIMning 6,7 foiziga teng emas.
Bu miqdorlarni pulga chaqsak, 2018 yilda Norvegiyaning YAIMi 437 milliard dollar bo‘lgan. Hisoblab olarsiz-a?! “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...