2030-yilga kelib suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan shaharlar orasida birinchi o‘rinni Niderlandiya poytaxti Amsterdam egallab turibdi. Bu haqda iqlimni o‘rganuvchi Climate Central tashkiloti xaritasi ma’lumotlariga asoslanib, The Indian Times xabar berdi.
Amsterdam bilan bir qatorda Niderlandiyaning «mamlakat quyi qismi» deb ataladigan yerida joylashgan yana ikkita shahri – Rotterdam va Gaaga suvga g‘arq bo‘lish xavfi ostida. Ro‘yxatdagi ikkinchi o‘rinni Iroqning Basra shahri egalladi. Shahar Fors ko‘rfaziga quyiladigan Shatt al-Arab daryosi bo‘yida joylashgan.
Keyingi o‘rinda AQSHning Missisipi daryosi bo‘yidagi Yangi Orlean shahri turibdi. Xabarga ko‘ra, suv haydash kanallari tizimining rivojlanganiga qaramay, shaharga suv bosish xavfi tahdid solmoqda.
Venetsiya ro‘yxatdagi to‘rtinchi o‘rinni band qilgan. Har yili shaharda yer sathi 2 millimetrga pasayadi. Beshinchi o‘rindan Vetnamning eng yirik shahri Xoshimin joy olgan. Oxirgi, oltinchi o‘rinni Hindistonning Kalkutta shahri egallagan. Nashrning yozishicha, shahar 2030-yilgacha suv ostida qolishi mumkin.
Avvalroq «RBK Trendi» tomonidan iqlim o‘zgarishi sababli tabiiy ofatlar ro‘y beradigan shaharlar ro‘yxati tuzilgan edi. Ro‘yxatga dunyodagi eng tez cho‘kayotgan shahar deb ataladigan Indoneziyaning Jakarta shahri va turli iqlimga oid xavf-xatarlarga (suv toshqini va qurg‘oqchilik) duchor bo‘lgan Bangladesh poytaxti Dakka kiritilgan. Unga ko‘ra, Filippin poytaxti Manila va Nigeriya poytaxti Lagos tez-tez suv toshqinlariga duch keladi, Los-Anjeles esa doimiy ravishda o‘rmon yong‘inlari xavfi ostida turadi.
Avvalroq AQSHning Chikago shahri iqlim o‘zgarishi tufayli yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida ekani xabar qilingandi. Ta’kidlanishicha, tez-tez sodir bo‘layotgan yog‘ingarchilik va qurg‘oqchilik Chikagoda shu nomdagi mahalliy daryo hamda Michigan ko‘li suv sathining keskin o‘zgarishiga olib kelmoqda, bu esa shaharga jiddiy zarar yetkazmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...