21:34 / 08.11.2021
1 929

Britaniyada rentgenologlar taqchilligi sababli rentgen suratlari tahlil uchun xorijga yuborilmoqda

Britaniyada rentgenologlar taqchilligi sababli rentgen suratlari tahlil uchun xorijga yuborilmoqda
Britaniya ommaviy axborot vositalari mamlakat sog‘liqni saqlash milliy xizmati rentgenolog mutaxassislar yetishmayotgani sababli rentgen suratlarini o‘qish va tahlil qilish uchun xorijga yuborayotganidan xabar topdi. OAVda ta’kidlanishicha, Britaniyada ushbu holat sababli rentgen, kompyuter tomografiyasi va MRT suratlarining 14 foizi Avstraliya va Yangi Zelandiyaga yuborilmoqda. 6 yil avval xorijga tahlil uchun yuborilgan rentgen suratlari 5 foiznigina tashkil qilgan.

Qirollik radiologiya kolleji (RCR) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Britaniyada 1939 nafar radiolog shifokor yetishmayapti, ushbu mutaxassislar taqchilligi 33 foizni tashkil qilmoqda. Mutaxassislar hukumat shifokorlar taqchilligiga barham bermasa, unda bunga bemorlar o‘z cho‘ntagidan haq to‘lashiga to‘g‘ri kelishidan ogohlantirishmoqda.

Ta’kidlanishicha, Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Britaniyada rentgenolog shifokorlar taqchilligi ancha yuqori darajada bo‘lib, mamlakatning 100 ming aholisiga bor-yo‘g‘i 9 nafar rentgenolog to‘g‘ri keladi. Yevropada bu ko‘rsatkich o‘rtacha 12 nafar mutaxassisni tashkil qiladi. Bu borada qit’a davlatlari ichida Gretsiya yetakchi bo‘lib, ushbu mamlakatda 100 ming aholiga 31 nafar radiolog shifokor to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada rentgenologlar taqchilligi sababli rentgen suratlari tahlil uchun xorijga yuborilmoqda