14:10 / 10.11.2021
1 969

AQSHda sun’iy go‘sht ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi ilk zavod ochildi

AQSHda sun’iy go‘sht ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi ilk zavod ochildi
Upside Foods’ning sun’iy go‘shtidan tayyorlangan burger
Kaliforniyada sun’iy go‘sht ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi ilk zavod ochildi. U Amerikaning Upside Foods kompaniyasi tomonidan qurilgan bo‘lib, maydoni 4 923 kv.m.dan iborat binoda joylashgan.

Ichkarida haqiqiy hayvon go‘shtidan olingan kichik bo‘laklardan mol, parranda va dengiz mahsulotlarining yirik go‘sht bo‘laklarini yetishtira oladigan qurilma mavjud.

Bunda hech bir tirik mavjudot ozor chekmaydi. “Probirkada yetishtirilgan go‘sht” ta’mi va ozuqaviy xususiyatlariga ko‘ra tabiiy mahsulotlardan qolishmaydi. Kompaniya vakillari ishlab chiqarish hajmini istagan odam oddiy do‘konlardan ham sun’iy go‘sht xarid qilish imkoniyatiga bo‘ladigan darajaga olib chiqishmoqchi.

Sun’iy go‘sht yetishtirish bo‘yicha ilk zavod
Food Business News nashri ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy go‘sht yetishtiruvchi zavod Kaliforniyaning Emerivill shahrida ochilgan. Bu kichik aholi yashash punkti bo‘lib, u yerda 2010 yilgi hisob-kitoblar bo‘yicha qariyb 10 ming kishi yashaydi. Zavod Engineering, Production, and Innovation Center (EPIC) deb nomlanadi. U mahalliy aholini ko‘plab ishchi o‘rinlari bila ta’minlay olmaydi. Kompaniya to‘liq quvvatda ishlaganida ham unga bor-yo‘g‘i 50 nafar xodim kerak bo‘ladi, xolos. Ular go‘sht ishlab chiqarish, qurilmani texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini sinchkovlik bilan tekshirish bilan shug‘ullanadi. Sifatni ta’minlash xizmati ishchilari uchun ofis xonalari ajratilgan.

Upside Foods zavodi xodimi qurilmalarni ko‘zdan kechirmoqda
Sun’iy go‘sht qanday ishlab chiqariladi?
Zavod ichkarisida Upside Foods buyurtmasiga ko‘ra maxsus ishlangan qurilma o‘rnatilgan. Gap jonivorlardan olingan hujayralar ozuqaviy muhitda ko‘payadigan bioreaktorlar haqida ketmoqda. Biroq hujayralar nafaqat miqdor jihatidan ko‘payishi, balki ularni go‘shtning ma’lum bir tuzilishiga ko‘ra yig‘ilishi ham kerak. Kompaniya bunga qanday yo‘l bilan erishayotgani noma’lum.

Upside Foods zavodi ichidagi qurilmalar
Mavjud qurilma yordamida kompaniya yiliga 22 tonna sun’iy go‘sht ishlab chiqarishni rejalashtiryapti. Barcha jarayonlar yo‘lga qo‘yilgach, bu ko‘rsatkich 181 tonnagacha ortishi kerak. Upside Foods asosichi Uma Valetining so‘zlariga ko‘ra, 2015 yilda ular dunyodagi yagona sun’iy go‘sht ishlab chiqaruvchilar edi. O‘sha vaqtda jamiyat mahsulotning yangi turiga shubha bilan qaragan bo‘lsa, bugungi kunda dunyo o‘zgardi.

Upside Foods rahbari Umi Valeti
Ishlab chiqarishni kengaytirish haqida gapirganimizda bu bor-yo‘g‘i orzu edi. Bugun esa orzu haqiqatga aylanyapti. Mayda xujayralardan to‘laqonli zavodni ochishgacha bo‘lgan yo‘l aql bovar qilmas darajada bo‘lmas edi, biz esa endigina boshlayapmiz”, - deya bo‘lishdi tadbirkor.

Sun’iy go‘sht o‘z xususiyatlari bilan haqiqiysidan yomon ko‘rinmaydi
Shuningdek, kompaniya rahbarining bildirishicha, qurilgan zavod sun’iy go‘shtni yaratish texnologiyalari naqadar ilg‘or tus olganini namoyish etadi. Upside Foods tashkiloti bu sohada yetakchilikni saqlab qolishda davom etyapti. Mazkur qadam esa iste’molchilar oddiy do‘konlardan ham sun’iy go‘sht harid qilish imkoniyatiga yanada yaqin ekanliklarini anglatadi.

Ushbu kompaniya dunyoda yagona sun’iy go‘sht ishlab chiqaruvchi emas. Undan tashqari, Impossible Foods va Beyond Meat kompaniyalari ham mavjud bo‘lib, ular ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirishga harakat qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda sun’iy go‘sht ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi ilk zavod ochildi