Foto: «Reynolds & Reynolds»
«Reynolds & Reynolds» kompaniyasining bosh direktori, milliarder, rekord darajadagi (2 milliard dollar) soliqni yashirishda ayblanayotgan Robert Brokman aqliy zaiflikka yo‘liqqan, bu haqda «Bloomberg» advokatlarning bayonotlariga asoslanib yozmoqda.
«Janob Brokman aqliy zaiflikka yo‘liqqan — kasallik doimiy va tinmay rivojlanishda, davosi yo‘q. U ayblovni tushunadigan va o‘zini tegishlicha himoyalaydigan ahvolda emas, hech qachon bunga qobil bo‘lmaydi», — degan mazmunda bayonot berishdi himoyachilar.
Brokmandagi aqliy zaiflik yo Parkinson yoki bo‘lmasa Alsgeymer kasalligi oqibatida yuzaga kelgan, uqtirishmoqda advokatlar.
Biroq prokuror Kristofer Manyani o‘zgacha fikrda: bu ishda ayblanuvchi simulyatsiya (nayrang) ishlatayotganini tasdiqlovchi«tog‘-tog‘ isbotlar» bor.
Prokurorga ko‘ra, Brokman aqli oqsayotganini tasdiqlovchi hujjatlarni yig‘ishga 2018 yilda, federal agentlar milliarderning Bermud orollaridagi ishonchli boshqaruvchisining uyini tintishganidan so‘ng kirishgan — o‘sha voqeadan so‘ng milliarderga qarshi soliqlardan bo‘yin tovlash bo‘yicha ish ochilgandi.
«Bloomberg» yozishicha, milliarder aqli zaiflashgani haqida to‘rt nafar har xil shifokordan ma’lumotnoma olgan, qizig‘i, ularning barchasi milliarder ilgari 25 million dollar xayriya o‘tkazib bergan Xyustondagi Beylor tibbiyot kollejiga aloqador odamlar.
AQSH adliya vazirligi 2020 yilning 15 oktabrida Brokmanni 2 milliard dollar soliqni yashirganlikda aybladi. Amerika hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha jismoniy shaxslarga nisbatan bu yo‘sindagi yirik ish ochilmagan. Qolaversa, Brokmanga nisbatan qimmatbaho qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarlik haqida ham ish ochilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi