07:00 / 16.11.2021
4 255

Oltin narxi keskin ko‘tarildi

Oltin narxi keskin ko‘tarildi
Birja savdolari davomida oltin narxi besh oy ichidagi maksimal qiymatga yetdi – qimmatbaho metallning bir unsiyasi 1868,5 dolargacha ko‘tarildi. O‘sib borayotgan inflyatsiya investorlarni oltin sotib olishga undamoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.

Ammo hozircha oltin narxi 2020 yil avgustdagi rekord ko‘rsatkichga yetgani yo‘q. O‘shanda uning bir unsiyasi 2050 dollar deb baholangandi.
Qayd etilishicha, investorlar inflyatsiya tezlashishi fonida oltinga yana «eski qadrdon do‘st» sifatida qaray boshladi.

Jahon markaziy banklari narxlarni tutib turish bo‘yicha choralar ko‘rmasa oltin narxi yuqorilashda davom etadi. Jahon banklari bozorlari bo‘yicha TIAA Bank prezidenti Kris Gefni investorlarga portfellaridagi oltin ulushini 10 foizgacha oshirishni maslahat bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oltin narxi keskin ko‘tarildi