12:49 / 17.11.2021
3 288

Armaniston – Ozarbayjon chegarasida yana janglar boshlandi

Armaniston – Ozarbayjon chegarasida yana janglar boshlandi
Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari podpolkovnik Anar Eyvazov davlat chegarasida Armaniston qurolli kuchlari tomonidan Ozarbayjonga qarshi amalga oshirilgan keng ko‘lamli provokatsiyalar munosabati bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Armaniston-Ozarbayjon chegarasida yuz bergan hodisa natijasida 10 nafar arman harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani, 6 nafari yaralangani aytilmoqda.

Bundan tashqari, Armaniston Qurolli kuchlarining 6 nafar harbiy xizmatchisi qo‘lga olingan, arman tomoni ikkita jangovar pozitsiyasini yo‘qotgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy amaliyotlar birdaniga boshlangan.

«Harbiy postlarimizga hujum uyushtirildi, ikki ozarbayjonlik harbiy jarohat oldi, ularning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti», — degan vazirlik vakili.

A.Eyvazov salmoqli miqdorda o‘q-dorilar va jangovar texnika qo‘lga kiritilganini ta’kidlagan. «Adekvat choralar ko‘rildi. Armaniston qurolli kuchlarining hujumi butunlay barbod bo‘ldi. Hozirda chegarada vaziyat keskinligicha qolmoqda, biroq nazorat ostida», — dedi u.

Ozarbayjon va Armanistonning harbiy manbalariga ko‘ra, hozirda har ikki tomonda aviatsiyadan tashqari deyarli barcha turdagi harbiy texnikalar jalb etilgan.

Syunikdagi Sitsernakar tog‘ida Armaniston va Ozarbayjon qo‘shinlari o‘rtasida faol otishma bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda armanlarning «Aykakan jamanak» nashri xabar bergan.

Avvalroq Armaniston fuqarosi mashinasida Shusha shahri yaqinidagi Dashalti qishlog‘ida joylashgan nazorat-o‘tkazish punktiga borib, RGD-5 granatasini Ozarbayjon askarlari va Rossiya tinchlikparvar kuchlari tomon uloqtirgani xabar qilingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston – Ozarbayjon chegarasida yana janglar boshlandi