Foto: Meatcore
Nyu-Yorkning ICЕ Futures birjasidagi savdo ma’lumotlariga ko‘ra, arabika navli qahvaning narxi 10 yillik rekordni yangiladi.
Noyabr oyining o‘rtalaridan boshlab shartnomalarda bir funt (0,45 kilogramm) mahsulot narxi 2,2 dollardan oshib ketdi. So‘nggi marta qahva narxida bunday yuqori ko‘rsatkich 2012 yilning yanvar oyida qayd etilgan. 16 noyabr, seshanba, kungi savdolar davomida dekabr shartnomalari bir funt qahva uchun 2,24 dollargacha ko‘tarildi.
Narxning oshishiga yirik ishlab chiqaruvchilarning yetkazib berishidagi uzilishlar sabab bo‘ldi, deb yozadi Trading Economics. Braziliya sovuq va qurg‘oqchilikni boshdan kechirdi, Kolumbiyadagi ekinlar kuchli yomg‘irdan aziyat chekdi, Vetnam eksporti esa yuk tashish konteynerlarining yetishmasligi tufayli kamaydi. AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘zining so‘nggi hisobotida global qahva zaxiralari 2020 yilga nisbatan 77 foizga kamayganini aytgan. Unga ko‘ra, qahva narxi transport xarajatlarining yuqoriligi, o‘g‘itlar narxining oshishi va ishchi kuchi yetishmasligi tufayli o‘sishda davom etadi.
Noyabr oyi boshida Birlashgan Millatlar Tashkiloti oziq-ovqat mahsulotlarining jahon miqyosidagi narxlari so‘nggi o‘n yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgani haqida xabar bergandi. Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, oktabr oyi yakunida eng ommabop oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z ichiga olgan oziq-ovqat narxlari indeksining qiymati 133,2 punktga yetgan. Indeks oxirgi marta 2011 yilda 130 punktdan oshib ketgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi