Foto: «Newsae.ru»
Malayziyaning Kota-Baru shahrida yashovchi, bolaligida almashib qolgan egizaklar tug‘ilganidan 19 yil o‘tib o‘tkazilgan DNK testi tufayli haqiqatni bilib olishdi. Bu haqda The Star nashri xabar bermoqda.
19 yil davomida Adriyani va Adriyana Ivani o‘zlarini bir-biriga o‘xshamaydigan egizaklar deb hisoblab kelishgan. Bu vaqt davomida ular biologik opa-singil emasligini hatto xayollariga ham keltirishmagan.
Qizlar DNK testidan o‘tganidan so‘ng haqiqat yuzaga chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, tug‘ilganda opa-singillardan birini almashtirib qo‘yishgan va boshqa oilaga berib yuborishgan. Adriyananing haqiqiy egizak singlisi Pantai Kundor tumanida yashovchi boshqa oilada o‘sgan Noratira (Atira) Xusin bo‘lib chiqdi.
Haqiqatni bilgach, almashib qolgan qizlar familiyalarini o‘zgartirishga ahd qilishdi. Shu bilan birga, Atira o‘zi katta bo‘lgan oila bilan yashashni davom ettirishga qaror qildi. U biologik oilasi bilan doimo iliq munosabatda bo‘lishini ta’kidlagan.
«Hozir men Kota-Barudagi universitetlardan birida o‘qishni davom ettiryapman. Bo‘sh vaqtimda haqiqiy onam Siti Amina Mod Ismoil va egizak singlim Adriyani Ivanini ko‘rgani borib turibman», – dedi Atira.
Adriyani Ivanining ta’kidlashicha, u qarindosh bo‘lib chiqmagan singlisiga nisbatan munosabati o‘zgarmadi.
«Munosabatlarimiz o‘zgarmaydi, onam ham unga o‘z qizidek munosabatda bo‘ladi», – dedi u.
Atira va Adriyana familiyalarini o‘zgartirishga qaror qilishdi va Milliy ro‘yxatga olish idorasiga tegishli ariza topshirishdi. Mahalliy hokimiyat organlari arizani ma’qullab, ularning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari va pasportlaridagi ma’lumotlarni tuzatishga rozi bo‘ldi. Noratira Xusin Atira Ivani Ibeni Yaninga, Adriyana Ivani Ibeni Yanin esa Adriyana Xusinga aylandi.
«Ismim biroz o‘zgargan bo‘lsa-da, Atira ismini haligacha saqlab qoldim, chunki uni menga marhum otam Xusin Umar qo‘ygan. Yangi hujjatlar muhim ishlarimni oson hal qilishga yordam berish bilan birga, 20 yil davomida o‘zga oilada yashaganimdan keyin endi o‘zim ekanligimga ishonch hosil qiladi», — dedi Atira.
Qizlarga hujjatlarni Milliy ro‘yxatga olish idorasi bosh direktori o‘rinbosari Datuk Saadon Otman topshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi