17:39 / 19.11.2021
10 390

Turk OAVlari Fathulloh Gyulenning o‘limi haqida xabar bermoqda

Turk OAVlari Fathulloh Gyulenning o‘limi haqida xabar bermoqda
Foto: AP Photo
Turkiya OAVlari 18 noyabr kunidan buyon FETO jamoat tashkilotining rahbari Fathulloh Gyulen vafot etgani to‘g‘risida yozmoqda. Xususan, turk muxolifat portali hisoblanuvchi Oda TV Anqara tomonidan davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda ayblangan Gyulen zaharlangan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Shu bilan birga, yirik nashrlar ushbu mish-mishlarni tasdiqlamagan.

Gyulen tarafdorlari uning vafoti to‘g‘risidagi xabarlarni rad etmoqda. Jumladan, Gyulenga yaqin bo‘lgan Jevdat Tyurkyo‘g‘li aloqaga chiqqan. U muxolifatchining hayotiga hech narsa tahdid solmayotgani, unga suiqasd uyushtirilgani to‘g‘risidagi mish-mishlar «yolg‘on xabarlar» ekani aytilgan videoni e’lon qilgan.

Turk hukumati FETO va uning rahbarini 2016 yilning 16 iyuliga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan davlat to‘ntarilishiga urinishda aybdor deb hisoblaydi. O‘shanda bir guruh turk askarlari prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni qo‘lga olishga uringan. Istanbul va Anqarada yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 248 kishi halok bo‘lgan, ikki mingdan ziyod kishi tan jarohati olgan.

Anqara Gyulenni maktablar va boshqa ta’lim muassasalarida hukumatga qarshi tashviqot olib borgan deb hisoblaydi. 1999 yildan beri Gyulen AQSHda yashaydi, Turkiya esa Vashingtondan uning ekstraditsiya qilinishini talab qilmoqda.

Turkiyadagi isyondan keyin 80 dan ortiq odam hibsga olingan, 150 ga yaqin davlat xizmatchisi, jumladan, harbiylar ishdan olingan. AQSHda yashab kelayotgan Gyulenning o‘zi davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinishni qoralagan va unga o‘zining aloqasi borligini rad etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turk OAVlari Fathulloh Gyulenning o‘limi haqida xabar bermoqda