18:35 / 21.11.2021
11 951

Amerikalik og‘riq qoldiruvchi dori deb adashib AirPodni yutib yubordi

Amerikalik og‘riq qoldiruvchi dori deb adashib AirPodni yutib yubordi
Foto iz otkritix istochnikov
Amerikaning Massachusets shtati Boston shahrida yashovchi fuqaro og‘riq qoldiruvchi dori deb adashib AirPod — eshitish vositasini tasodifan yutib yuborgan. Bu haqda ayol o‘zining TikTok sahifasida ma’lum qilgan.

27 yoshli Karli Bellmer xatosini tushunib, yig‘lab turib, video joylagan. Ayol naushnikni tabletka bilan adashtirib, og‘ziga solib qo‘yganini tushuntirgan.

«Qo‘limda dori va quloqchin bor edi. Tabletka deb adashib, quloqchinni yutib yuboribman. To‘g‘risi, dorini ichish qiyin bo‘ladi, deya suv bilan yutib yubordim va keyin qo‘limda dori borligini ko‘rdim», — deb ta’kidladi amerikalik ayol.

Bellmer turli yo‘l bilan qusishni qo‘zg‘atmoqchi bo‘lgan, biroq bu ish bermagan. Shifokorga qo‘ng‘iroq qilib, keyinchalik odatdagidek ishiga jo‘nagan.

Bundan tashqari, u tasodifan do‘stiga oshqozonidan ovozli xabar yubordi. Xabarda ayolning nutqi eshitiladi, lekin u bo‘g‘iq eshitiladi. Shundan so‘ng ayol telefon va naushnik o‘rtasidagi aloqani uzishiga to‘g‘ri kelgan.

Oxir-oqibat, eshitish vositasi amerikalik ayoldan tabiiy ravishda chiqdi, bu rentgenogramma bilan tasdiqlangan.

Bellmerning ta’kidlashicha, u xuddi shunday xatoga yo‘l qo‘ygan yagona odam emas. Shuning uchun u Internetda o‘zining xatosini takrorlamasliklari uchun boshqalarga so‘zlab berishga qaror qilgan.

Ba’zi foydalanuvchilar hikoyaning to‘g‘riligiga shubha qilishdi.
«Qanday qilib dorini AirPod bilan adashtirib qo‘yish mumkin?» — deb yozgan ulardan biri.
«Men quloqchinni-ku mayli, oddiy dorilarni yutishga qiynalaman», — degan boshqasi.

Izoh yozaytganlardan biri Bellmerni himoya qilib chiqqan. Bunday tabletkalar hajmi bo‘yicha naushniklar bilan bir xil bo‘lishi mumkinligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik og‘riq qoldiruvchi dori deb adashib AirPodni yutib yubordi