Foto: Al Drago/Bloomberg via Getty Images
Tesla bosh direktori Ilon Mask kompaniyaning 1,05 mlrd dollarlik aksiyalar paketini sotdi, deb xabar berdi Reuters.
Mask uch haftadan buyon o‘z kompaniyasining aksiyalar paketlarini sotmoqda. U shu kunga qadar qiymati 9,9 mlrd dollarga teng 9,2 mln dona aksiya sotdi.
U 6 noyabrda Twitter’da foydalanuvchilar o‘rtasida o‘z aksiyalarini sotish borasida so‘rovnoma o‘tkazgandi. Mask buni 15 mlrd dollarlik soliqni to‘lash uchun qilayotganini aytgandi. Foydalanuvchilarning aksariyati uning bu fikrini qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng 8 noyabr kuni 1,1 mlrd dollarlik dastlabki aksiyalar paketini sotdi.
Ilon Mask dunyoning eng boy odami hisoblanadi. Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, uning boyligi miqdori 300 mlrd dollardan ortiq. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi