2 127
Qidiruvdagi shaxsning otib o‘ldirilgani sababli Tojikistonning Xorug‘ shahrida miting uyushtirildi
Xorug‘dagi miting
Foto: Pamir Dayli news
25 noyabr kuni Tojikistonning Xorug‘ shahri va shahar atrofi aholisi shaharning markaziy maydonida mitingga yig‘ildi. Ularning talabi Roshtqal’a tumanida yashovchi Gulbiddin Ziyobekovni otib o‘ldirgan organ xodimlarini javobgarlikka tortish bo‘lgan, deb yozadi Asia Plus.
Asia Plus xabariga ko‘ra, Xorug‘dagi miting chog‘ida o‘t ochilgan. Namoyishchilardan 6 kishi yaralangan, nashr manbasiga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan. Roshtqal’a tumanida yashovchi yana bir shaxs bedarak yo‘qolgan.
Nashrning yozishicha, huquq-tartibot idoralari bu ma’lumotni na tasdiqlagan, na inkor qilgan. Ichki ishlar vazirligi hozircha voqealarga izoh bermagan. «Bu haqda xabarlarni ham o‘qidik, ular asossiz. Har holda, hozircha rasmiy xabar bo‘lmadi», — deya Tojikiston IIV matbuot xizmati ma’lumotlarini keltirmoqda nashr.
Xorug‘liklarning so‘zlariga ko‘ra, miting Tavdem jamoatida yashovchi Gulbiddin Ziyobekovning o‘ldirilishi ortidan uyushtirilgan. Uning jasadi markaziy maydonga olib chiqilgan.
Voqea guvohlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, 25 noyabr kuni soat 11:30 da Ziyobekovning uyiga huquq-tartibot idoralari vakillari kelgan. Ziyobekovni hibsga olmoqchi bo‘lishganida u qarshilik ko‘rsatib, organ xodimlariga mushti bilan tashlangani aytilmoqda. Bunga javoban OMON xodimlari o‘t ochishgan va natijada ular 3 kishini yarador qilgan.
Guvohning aytishicha, Gulbiddinning o‘zi ham yaralangan va uni mashinaga o‘tqazishgan. «Keyin uning o‘limi haqida xabar berishdi», — deydi guvoh. Shundan so‘ng odamlar mitingga to‘planishgan.
Gulbiddinni nega olib ketishmoqchi edi?
Tog‘li-Badahshon avtonom respublikasi prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Tavdem qishlog‘ida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan Gulbiddin Ziyobekov bir qator jinoyatlarni — uyushgan guruh tomonidan garovga olish, ijtimoiy, irqiy, milliy, mintaqaviy, diniy (konfessiyaviy) dushmanlikni qo‘zg‘atishni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan. 25 noyabr kuni soat 11:30 larda u qo‘lga olish bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida «Makarov» to‘pponchasi bilan huquq-tartibot organlar xodimlariga qurolli qarshilik ko‘rsatgani qayd etilgan.
Miting ertasi kuni ham davom etgan
Asia Plus xabariga ko‘ra, Xorug‘ markazidagi miting 26 noyabr kuni ham davom etgan. Namoyishchilar tunni shahar hokimiyati yonidagi maydonda o‘tkazgan.
Xorug‘ shahar hokimi Rizo Nazarzoda nashrga shaharda vaziyat tinchligini aytgan: «Hammasi tinch, xavotir olmang! Odamlar o‘z ishlari bilan band». Xorug‘ hokimi shuningdek, shahar to‘laqonli hayot kechirayotganini ta’kidlagan: «Bolalar maktabga, talabalar universitetga, odamlar ishga bormoqda».
Ayni paytda, «Asia-Plus» manbalarining xabar berishicha, viloyatning boshqa tumanlari aholisi ham Xorug‘ga kelishda davom etgan ayniqsa, ertalab ularning oqimi ko‘paygan.
Hozircha hokimiyatdan hech kim namoyishchilar oldiga chiqmagan.
26 noyabr kunidagi miting ishtirokchilari Gulbiddin Ziyobekovning o‘limi va tinch aholiga qarata o‘q uzilgani bo‘yicha ishni imkon qadar tezroq ko‘rib chiqishni, Xorug‘ shahridagi harbiylarning 60-70 foizini olib chiqib ketish va ularning o‘rniga viloyat aholisini jalb etishni, tartib va qonunchilikni ta’minlash bo‘yicha idoralararo shtabni tarqatib yuborishni, Xorug‘dagi nazorat-o‘tkazish punktlarini olib tashlashni, viloyat raisini almashtirishini, internetga ulanish tiklanishini talab qilgan.
Bundan tashqari Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Tog‘li Badaxshon aholisi nomidan xabar tarqalgan. Unda aybdorlarni jazolash talabi ilgari surilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...