07:29 / 28.11.2021
1 993

Zelenskiy: “Biz sakkiz yildan beri Rossiya bilan urush holatidamiz”

Zelenskiy: “Biz sakkiz yildan beri Rossiya bilan urush holatidamiz”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mandatining birinchi yarmi tugaganiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida mamlakat sakkiz yildan beri Rossiya bilan urush holatida ekanini aytdi. U Rossiyaning ehtimoliy bosqini haqidagi savolga shunday javob berdi:

Ba’zi ommaviy axborot vositalari ertaga urush bo‘lishidan qo‘rqishadi. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, biz chegaralarimizni to‘liq nazorat qilamiz. Va har qanday keskinlashuvga to‘liq tayyormiz”.

Ukrainalik harbiylar Donbassning Kiyev nazorati ostidagi hududida tankdan o‘q otish mashqlarini o‘tkazdi va jangovar topshiriqlarni bajarishga tayyorligini aytmoqda. NATO rahbariyati Rossiya bilan ziddiyat kuchaygan taqdirda ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan.

Biz buni diqqat bilan kuzatib boryapmiz, ma’lumot to‘playapmiz, ma’lumot almashyapmiz va Rossiyaga aniq signal yubormayapmiz: ular keskinlikni kamaytirishi, deeskalatsiya va shaffoflikni ta’minlashi, shuningdek, Ukrainaga qarshi har qanday kuch ishlatish oqibatlarga olib kelishini va Rossiyaga qimmatga tushishini hisobga olishi kerak”, – dedi Zelenskiy.

Rossiya esa Ukrainaga hujum haqidagi xabarlar haqiqatga zidligini ta’kidlab, Rossiya hech kimga hujum qilmoqchi emasligini aytmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “Biz sakkiz yildan beri Rossiya bilan urush holatidamiz”