SPORTS.uz futbol olamining barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilaridan biri Diyego Armando Maradoning o‘limdan so‘ng bo‘lib o‘tgan voqealar tafsilotlari bilan o‘rtoqlashadi.
O‘lim sabablari va aybdorni izlash "operatsiyasi"
Diyego Armando olamdan o‘tgach, uning o‘limi haqidagi ma’lumotlar omma yuzini ko‘rdi. Avvaliga, afsona yurak xurujidan vafot etdi, deyilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay bu tashxis o‘pkadagi muammolarga o‘zgartirildi. Keyinroq, shifokorlar Maradonaning yuragining hajmi shifokorlarni hayratga soldi. U sog‘lom odamnikiga nisbatan ikki barobar kattaroq edi. E’tiborlisi, qonda narkotik va alkogol moddalari topilmadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, Maradonaning o‘limi yaqinlashib kelayotgani aniq edi, biroq bu voqea Argentinada chinakam fojia darajasida qabul qilindi. Natijada, barcha buning asosiy sababchilarini izlashga tushib ketdi. Maradonaning advokati tez yordam mashinasini 40 daqiqada kelgani uchun jinoyatda aybladi. Ko‘p o‘tmay, Diyegoning yaqinlari uning shaxsiy doktori Leopoldo Lukeni asosiy sababchi sifatida ommaga ko‘rsatdi. Keyin, voqealar rivoji keskinlashib ketdi.
Maradonaning shaxsiy shifokori mijozining soxta das'hatidan foydalanib, hujjatlarni rasmiylashtirgani aniqlandi.
Diyegoning ruhshunosini o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun keskin tanqid qilishdi. U Maradona uning ko‘rigiga kelmagan kunlar ham turli hujjatlarni to‘ldirgan va Argentina xalqi erkatoyining sog‘lig‘iga bee’tibor bo‘lgan.
Sobiq futbolchining o‘limi oldidan u bilan ishlagan yana 3 shifokor ham omma e’tibor markaziga tushdi.
Yakunda, barchasi sudda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Shu yilning yozida Argentina prokuraturasi gumonlanuvchilar va barcha dalillarni jam qilib, ishni sudga oshirdi. Unga ko‘ra, Maradonaning sog‘ligiga javobgar bo‘lgan 7 inson qamoqqa ravona bo‘lishi mumkin. Ularga 8 yildan 25 yilgacha bo‘lgan muddatda ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi taxmin qilinmoqda.
Meros "jangi"
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Maradonaning ketishi Argentinani shok xolatiga tushirib qo‘ydi. 3 kunlik e’lon qilgan motam, 1 million inson bilan o‘tgan dafn marosimi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Nafaqat Argentina, balki undan tashqarida ham futbol afsonasining o‘limi og‘ir qabul qilindi. Barcha OAV va telekanallarda Maradona haqidagi ma’lumotlar to‘lib-toshib ketdi. "Napoli" klubi o‘z uy stadioni nomini futbolchining ismiga o‘zgartirdi.
Qahramonimiz, darhaqiqat, mashhur, balki kuchli shaxs sifatida ham omma hurmatini qozongan edi. U deyarli 50 dan ortiq oilalarni qaramog‘iga olgan bo‘lib, buning uchun bir oyda 100 ming yevrodan ortiq pul sarflagan. Boz ustiga, Maradona o‘z oila a’zolarini ham puldan hech qachon siqmagan. Ularning qo‘l telefonidan tortib, yangi mashina sotib olishlari uchun ham imkon yaratgan. Hatto, sartarosh va uy xizmatchilarining haqlarini ham argentinalik jahon chempioni o‘z yonidan to‘lagan.
Achinarlisi shundaki, Diyego vafot etgach, xunuk, ammo kutilgan voqea sodir bo‘ldi. So‘nggi 10 yil davomida uning pullariga maza qilib hayot kechirgan 16 qarindoshi o‘rtasida meros "jangi" boshlandi. Hisob-kitoblarga qaraganda, Maradonadan 44 million yevrolik mol-mulk qolgan. U tan olgan 5 va turmushsiz dunyoga kelgan 7 farzand bu summaning asosiy qismini "ilib" ketishi taxmin qilinmoqda. Eng qizig‘i shundaki, Diyego 2012 yilda boyliklari yuzasida vasiyatnoma yozgan. Ko‘p o‘tmay, bu hujjat shaxsan uning muallifi tomonidan bekor qilinadi.
Maradona o‘limidan so‘ng sodir bo‘lgan g‘alati voqealar
Hayratlanarlisi shundaki, Diyego Armando vafot etgach, turli-tuman xabarlar soni ortib ketdi. U o‘limidan so‘ng o‘z tanasini mavzoleyda turishini so‘ragan emish. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, sobiq futbolchi o‘z advokatidan mavzoley borasida haqiqatan ham iltimos qilgan. Keyinroq, Maradonaning bu iltimosi aks etgan xat ham paydo bo‘ldi.
"Chuqur o‘ylab ko‘rgach, shunga qaror qildim. Mening tanamni o‘lganimdan so‘ng maxsus vosita yordamida saqlab qolib, barcha qo‘lga kiritgan sovrinlarim bilan birgalikda muzeyda saqlang. Toki, meni ko‘rgani kelgan hamma mehrimni his etib tursin".
Afsuski, barcha xabarlar ham quvonarli emas. Ayniqsa, kubalik ayolning omma oldida Maradona borasida bildirgan fikrlari ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Mevis Alvares bundan 20 yil avval Diyego uni Kubadan olib qochib kelgani, uni narkotik moddalar iste’mol qilishga o‘rgatganini da’vo qildi. Dalil sifatida esa, faqat birgina rasmni ko‘rsatdi, xolos. Foto sifati juda past bo‘lgani bois, uning so‘zlari tezda yo‘qqa chiqarildi.
Yaqinda esa, Diyego Armando Maradona yuraksiz dafn etilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Darhaqiqat, bu faktni inkor etib bo‘lmaydi, ammo bunga asosiy sabab nima? Gap shundaki, "Ximnasiya La-Plata" jamoasiga tegishli bo‘lgan ayrim insonlar uning yuragini o‘limidan so‘ng qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan. Ammo shifokorlar bunga yo‘l qo‘ymaydi. Keyinroq, yuqorida aytib o‘tilgan 7 shifokorning aybi tasdiq topishi uchun yurak shifokorlar tomonidan qayta o‘rganiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»